Italiya avtomobilsozlik sanoati

Fiat 4 HP (1899-yil) — bu Fiat tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi avtomobil.
1910-yillarda Italiyaning Turin shahrida avtomobil sanoatining xaritasi.

Italiyaning avtomobilsozlik sanoati — mamlakatda eng katta ish beruvchilardan xisoblanib, 2006-yilning koʻrsatkichlariga koʻra mamlakatda 250 000 dan ortiq kishi 2131 ta avtomobilsozlikga bogʻliq firmalarda ish faoliyatini yuritadi. [1] Italiyaning avtomobilsozlik sanoati oʻzining avtomobillarning dizayni va kichik shahar uchun moʻljallangan avtomobillari va superkarlari bilan mashhurdur. Avtomobilsozlik sanoati Italiya yalpi ichki mahsulotining 8,5 foizini tashkil qiladi. [2]

Italiya Yevropa va butun dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biridir.

Bugungi kunda Italiya avtomobilsozlik sanoatida deyarli Fiat Group ustunlik qiladi; 2001-yilda ishlab chiqarilgan transport vositalarining 90 % dan ortigʻi shu kompaniyaga tegishlidir. Fiat oʻzining oʻziga xos va ommaviy bozor modellari qatorida Alfa Romeo va Lancia markalari hamda Maseratining ekzotik markalariga egalik qiladi.

Italiya avtomobillari har-yili oʻkaziladigan-yilning eng yaxshi avtomili unvonini (bular qatorida Fiat avtomobillari eng koʻp marotaba bu sovrunni qoʻlga kiritgan) va Jahondagi eng yaxshi avtomobil sovrinlarini qoʻlga kiritgan.

  1. „ITALY'S AUTOMOTIVE INDUSTRY IS BACK ON THE ROAD THANKS TO EXPORTS“. italtrade.com. 11-yanvar 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-fevral. „arxiv nusxasi“. 2017-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.
  2. „Country Profiles > ITALY“. acea.thisconnect.com. 11-fevral 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-fevral. „arxiv nusxasi“. 2008-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search